Rossiya mashinasozlik markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktori Dmitriy Semizorov “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida kelajakda mamlakat askari qanday qiyofada bo‘lishini aytdi.
Ekspertning fikricha, har bir askar snayper bo‘ladi.
“Har bir o‘q nishonga tegadi. Statistika bo‘yicha, Ulug‘ vatan urushida har bir halok bo‘lgan odamga 250 ming patron sarflangan. Hozir bu ko‘rsatkichni yaxshilash kerak”, — dedi Semizorov.
Ilmiy-tadqiqot instituti “Ratnik-2” harbiy aslahasi ustida ish olib borgan edi. Ayni paytda kompaniya inson organizmi imkoniyatlarini kengaytiradigan ekzoskelet ishlab chiqmoqda.
“Hamma narsa ekzoskeletga tez quvvat olish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatini beradigan yangi energiya manbalariga borib taqaladi. Buni qanday qilishni bilamiz”, — tushuntirdi Semizorov.
Izoh (0)