Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan 2017-yilning eng nufuzli shaxslari ro‘yxatidan rossiyalik botlar o‘rin oldi. Bunga botlarning 2016-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga ta’siri sabab bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, rossiyalik agentlar Facebook va Instagram’dagi uch mingdan ortiq e’lon uchun qariyb 100 ming dollar to‘lagani uchun botlar ro‘yxatga kirgan. Agentlik tomonidan qayd etilishicha, Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga ommaviy aralashuvi endi namoyon bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, Bloomberg ro‘yxatiga biznesmen Ilon Mask hamda Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi harakatlarini juda qattiq tanqid qilayotgan AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ham kirgan.
Izoh (0)