Antivirus ishlab chiqaruvchisi Kaspersky Vashingtondagi ofisi — Kaspersky Government Security Solutions’ni yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz Vashingtondagi bo‘linmamizni yopyapmiz, negaki uning asosiy vazifasi bitdi”, — deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.
Bo‘linmaning asosiy vazifasi AQSh davlat organlari uchun yechimlar taqdim etish edi.
Ayni paytda, kompaniya 2018-yili Chikago, Los-Anjeles va Torontoda uchta yangi ofis ochish rejasidan voz kechgani yo‘q.
Izoh (0)