Germaniyaning Merbush aholi punktida (Shimoliy Reyn—Vestfaliya yeri) yo‘lovchi va tovar poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida salkam 50 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy qutqaruvchilar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Gap National Express yo‘lovchi va DB Cargo yuk poyezdlari haqida ketmoqda.
To‘qnashuvda 3 kishi og‘ir, yana shuncha kishi o‘rta darajada va 41 kishi yengil jarohat olgani bildirilmoqda. Ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Poyezdda jami 155 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)