AQSh Harbiy-havo kuchlari Yaponiyadagi Kadena aviabazasiga joylashtirilgan F-35 qiruvchi samolyotlaridan birining fyuzelyaj detali parvoz vaqtida yo‘qolganini tan oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa Okinava sharqida 30-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar vaqtida yuz bergan. O‘shanda bu haqda yapon OAVlari yozgan, biroq AQSh Harbiy-havo kuchlari bu ma’lumotni rasman 4-dekabr, dushanba kuni tasdiqlagan.
Yetakchi F-35 ning taxminan 30 — 60 santimetrli fyuzelyaj qismining yo‘qolishini u bilan birga parvoz qilgan samolyot uchuvchisi qo‘nishga kirish vaqtida payqab qolgan. Qiruvchilar parvozga chiqishdan oldin tekshiruvdan o‘tkazilgan, shuning uchun harbiylar qism samolyotlar havoda bo‘lgan vaqtda yo‘qolgan, deb taxmin qilmoqda. Yo‘qotilgan qismning o‘rnini parvozlar xavfsizligi uchun yo‘qotishlarsiz to‘ldirish mumkin yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.
F-35 Lightning II samolyoti F-22 Raptor’dan keyin beshinchi avlodga mansub ikkinchi seriyali qiruvchi hisoblanadi. F-35 ni yaratish bo‘yicha dastur AQShga qariyb 500 milliard dollarga tushgan. Samolyotlar doimiy ravishda tanqid ostiga olinadi. Avvalroq bir necha marta turli texnik nosozliklar haqida xabar berilgan.
Izoh (0)