Prezidentning “2018—2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuklarni tashish bo‘yicha tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan avtomobil tashuvchilar va logistika kompaniyalariga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi, deb yozadi “Kommersant.uz”.
Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiradigan milliy avtotransport korxonalari hamda transport-logistika kompaniyalari 2022-yilgacha qo‘shilgan qiymat, mol-mulk soliqlarini to‘lashdan, shuningdek, yer solig‘idan ozod qilinadi.
Shu bilan bir vaqtda ortgan pullar kompaniyalarning o‘z avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga, zamonaviy omborxona terminallarini yaratishga va bank kreditlarini yopishga sarflanishi kerak.
Bundan tashqari, kompaniyalar keltirilayotgan omborxona uskunalari, yuk ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, zaxira qismlar va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan boshqa mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari).
Izoh (0)