Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olimlar klubi tashkil etildi, deb xabar beradi UZ24.
Olimlar klubi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatiga a’zo professor-o‘qituvchilar, olimlar va ilmiy tadqiqotchilardan iborat ixtisoslashgan guruh hisoblanadi.
Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinadi.
Shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, giyohvand moddalar savdosi kabi tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari o‘rganiladi. Amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Izoh (0)