Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.Shundan keyin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tmoqda.
Izoh (0)