Gonduras muxolifati mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oliy saylov sudining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi prezident Xuan Orlando Ernandes byulletenlarning 99,96 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng 42,98 foiz, uning muxolifat alyansi nomzodi bo‘lgan raqibi Salvador Nasralla esa 41,39 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Alyans bosh koordinatori Manuel Salayya sud ma’lumotlari tan olinmasligi va “erishilgan g‘alaba ko‘chalarda himoya qilinishi”ni bildirdi.
Salvador Nasralla ovozlar qaytadan hisoblanishini talab qildi va Amerika davlatlari tashkilotiga Gondurasdagi vaziyatni muhokama etish uchun doimiy kengashni chaqirishni so‘rab, murojaat etdi.
Izoh (0)