Venesuela rasmiylari El Petro nomli milliy kriptovalyutani joriy etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Maduroga ko‘ra, valyuta neft, oltin, gaz va olmos zaxiralari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Bu rasmiylarga xalqaro moliyalashtirishning yangi shakllariga yo‘l topish va iqtisodiy sanksiyalarga chap berish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, Venesuelada kriptovalyuta yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan “blokcheyn observatoriyasi” tuzilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)