Germaniya g‘arbidagi Saarbryukken shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jabrlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yong‘in sodir bo‘lgan turar joyda 57 kishi istiqomat qilgan. Ofatni bartaraf etishda 100 ga yaqin qutqaruvchi ishtirok etdi.
Mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi.
Izoh (0)