Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kars viloyatidagi chiqishida Amerika sudlari Turkiyaga nisbatan hech qanday ayblov e’lon qila olmasligini ta’kidladi. Bu haqda 2-dekabr, shanba kuni Hurriyet gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“FETÖ (Fathullachilar terrorchilik tashkiloti) a’zolari kiruvchi bu kabi xayoliy sudlar hech qachon mamlakatimni ayblay olmaydi”, — dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya sobiq iqtisodiyot vaziri Zafar Chag‘layanga pora berganini aytgan biznesmen Rizo Zarrobga nisbatan sud jarayoniga yolg‘on dalillar FETÖ tarafdorlari va bu tashkilotga taqlid qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan. Erdo‘g‘on bu uning mamlakatiga zarar yetkazish uchun qilinayotganini aytdi.
Izoh (0)