2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya hamda angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker olib borgan qura marosimiga Moskvadagi Kreml saroyi mezbonlik qildi.
Har to‘rt yillikning eng yirik futbol festivalida ishtirok etuvchi 32 mamlakat termalari qur’a davomida o‘z raqiblarini bilib oldi. Bunda savatchalar FIFA reytingi asosida tuzib chiqilgan bo‘lib, 1 ta qit’aning 2 ta termasi bir guruhdan o‘rin olmasligi ta’minlandi. Faqatgina Yevropa qit’asi termalari bundan mustasno.
“A” guruhi
- Rossiya
- Urugvay
- Misr
- Saudiya Arabistoni
“B” guruhi
- Portugaliya
- Ispaniya
- Eron
- Marokash
“С” guruhi
- Fransiya
- Peru
- Daniya
- Avstraliya
“D” guruhi
- Argentina
- Xorvatiya
- Islandiya
- Nigeriya
“E” guruhi
- Braziliya
- Shveysariya
- Kosta-Rika
- Serbiya
“F” guruhi
- Germaniya
- Meksika
- Shvetsiya
- Janubiy Koreya
“G” guruhi
- Belgiya
- Angliya
- Tunis
- Panama
“H” guruhi
- Polsha
- Kolumbiya
- Senegal
- Yaponiya
Izoh (0)