• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tunisda sobiq baliqchi O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan muhojirlar uchun qabriston qurdi. 12 yil ichida u 400 kishini dafn qildi

    Tunis fuqarosi Chemseddin Marzug oxirgi 12 yil davomida O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga yetib olishga urinib, halok bo‘lgan muhojirlarni dafn qilib keladi. U Zarzis shahridan 15 kilometrda qabriston qurdi. Unda allaqachon 400 ga yaqin qabr bor; ularning aksariyati — nomsiz. Tunislik qabrlarga yodgorlik qo‘yish va haqiqiy katafalk xarid qilish uchun pul to‘plamoqda. U kelajakda o‘zi dafn qilgan odamlar DNK bankini to‘plab, qabr toshiga ismlar yozilgan taxtachalarni ilib qo‘yish niyatida. Chemseddin Marzugning qochoqlar uchun qabristoni haqida Los Angeles Times nashri hikoya qiladi, deb yozadi Meduza.

    O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan muhojirlar qabristonining darvozasi, 2016-yil 30-iyun. Foto: Getty Images

    O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan muhojirlar qabristonining darvozasi, 2016-yil 30-iyun. Foto: Getty Images

    Chemseddin Marzug oilasi bilan Tunisning sohilbo‘yi Zarzis shahriga 27 yil avval ko‘chib kelgan. U baliq tutib kun kechirgan, bo‘sh vaqtida esa “Qizil Yarim oy”da volontyorlik qilgan. Dengiz to‘lqinlari Zarzis qirg‘oqlariga muntazam O‘rtayer dengizida cho‘kib ketganlar jasadlarini keltiradi. Ular odatda Yevropaga yetib olishga urinib halok bo‘lganlar jasadlaridir. Marzug “Qizil Yarim oy”ning volontyori sifatida 12 yildan buyon ularni dafn etadi.

    Jasadlarning ba’zilarini uning o‘zi sohildan topadi, ba’zilari haqida mahalliy baliqchilar unga xabar qiladi. U har safar jasad topilganligi haqida mahalliy hukumatni xabardor etadi va murdani yorish uchun shifoxonaga olib borish uchun do‘stidan furgon olib turadi. Rasmiylar Marzugga bu maqsad uchun pikap olishni taklif qilgan, biroq u jasadlarni ochiq kuzovda tashish insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydi.

    Marzug halok bo‘lgan muhojirlar uchun qabristonni Zarzisdan 15 kilometr masofadagi sobiq axlatxona joyidan qurdi — 2 500 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan joyni mahalliy hukumat “Qizil Yarim oy”ga vaqtinchalik bergan. Qabriston past-baland tepaliklardan iborat qumli dala bo‘lib, unga kirish joyi g‘ishtlardan yasalgan ikki kolonna bilan belgilab qo‘yilgan.

    Bu yerdagi qabrlarning aksariyati nomsiz — halok bo‘lganlarning ism, shariflarini aksariyat holatlarda aniqlash imkonsiz, chunki O‘rtayer dengizidan o‘tkazib qo‘yadigan kontrabandachilar odamlarning bor mol-mulkini olib qo‘yadi. Qandaydir hisob yuritish uchun Marzug 2017-yildan qabrlarni raqamlay boshladi.

    Marzug 12 yil ichida 400 ga yaqin odamni dafn qilgan, ulardan 74 nafari 2017-yilning mayidan buyon dafn etilgan. BMTning Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda O‘rtayer dengizida jami 2 993 kishi halok bo‘lgan. 2016-yilda bitta halok bo‘lganga 75 nafar tirik qolgan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 53 nafarni tashkil etdi. O‘rtayer dengizini kesib o‘tishning yanada xavfli bo‘lishiga kontrabandachilarning mustahkamroq yog‘och qayiqlar o‘rniga damlama rezina qayiqlardan foydalanayotgani sabab bo‘lmoqda.

    Marzug dafn qiladigan qochoqlar orasida ba’zan Yaqin Sharqdan bo‘lganlar ham uchraydi, biroq ularning aksariyati Qora (Tropik) Afrika: Eritreya, Kot-d’Ivuar, Niger, Nigeriya, Somali va Sudan mamlakatlari fuqarolaridir. Ko‘pchilik arablar bunday muhojirlarni begona deb hisoblaydi — tarixiy jihatdan Tunisda qora tanlilar xizmatkor bo‘lgan. “O‘zimni muhojirlarning katta oilasi a’zosidek his qilaman”, — deydi u.

    Marzug ikki o‘g‘li Yevropaga ketgandan so‘ng muhojirlar haqida yanada ko‘proq qayg‘ura boshladi. 22 yoshli Firas o‘tgan yili, 18 yoshli Elias to‘rt oy avval otasidan yashirincha O‘rtayer dengizini qayiqda suzib o‘tdi. Ular Marzug bunday qayiqlarni “o‘lim kemalari” deb atashini bilardi; har ikkalasi hozirda Parijda mexanik bo‘lib ishlamoqda.

    Marzug Firas va Elias nima uchun Tunisni tark etganligini tushunadi — ishsizlik tufayli. Uning o‘zi hech qachon emigratsiya haqida o‘ylamagan. U yosh bo‘lganida iqtisodiyot hozirgiga qaraganda yaxshiroq edi, vaziyat yomonlashganda esa u bu yerdan ketish uchun juda keksaygan edi. Tunisda uning uch nafar qizi ham yashamoqda.

    Marzug mobil telefonida farzandlarining suratlari bilan birga o‘zi dafn qilgan kishilarning suratlarini ham saqlaydi. Suratlardan birida boshi tanasidan judo qilingan ayol jasadi ham bor. Marzug uni o‘tgan yili topgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u dengizda bir necha oy bo‘lib, qirg‘oqqa “haykaldek oppoq” bo‘lib chiqib qolgan. “Boshsiz holda ham ular men uchun chiroyli”, — deydi tunislik.

    Hozir u qabriston joylashgan yerni sotib olish va u yerni obodonlashtirish: qabrlarga yodgorlik o‘rnatish, katafalk xarid qilish va “Qizil yarim oy” volontyorlari jasadlarni ko‘mishga tayyorlashi mumkin bo‘lgan bino qurish uchun mablag‘ qidirmoqda. Marzug bularning hammasi uchun 30 ming yevro yetadi deb hisoblaydi. Shundan to‘rt mingga yaqinini u CoFundy kampaniyasi yordamida to‘plashga ulgurdi. Tunislik qachonlardir DNK banki uchun ham pul topishiga ishonadi. Uning yordamida dafn etilgan kishilar qabrlari ustiga nomlari yozilgan taxtachalarni ham ilib qo‘yish mumkin.

    30.11.2017, 15:59   Izoh (0)   8979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya sudi 28 nafar harbiy xizmatchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

    30.11.2017, 15:37

    Xorvatiya bosh vaziri Gaaga tribunalida zahar ichgan general o‘limidan afsus bildirdi

    30.11.2017, 15:26

    AQSh 2017-yilda boshqa mamlakatlarga salkam 42 mlrd dollarlik qurol sotdi

    30.11.2017, 14:53

    Balidagi favqulodda holat rejimi 10-dekabrgacha uzaytirildi

    30.11.2017, 14:21

    Biznes-ombudsman Titov prezidentlik saylovida ishtirok etishi borasida Putinni xabardor qildi

    30.11.2017, 14:10

    ShHT mamlakatlarining “Tinchlik missiyasi” aksilterrorchilik mashg‘ulotlari 2018-yilda Uralda bo‘lib o‘tadi

    30.11.2017, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.