Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar Yekaterinburgda kelasi yil Uralda o‘tkazishga qaror qilingan “Tinchlik missiyasi” birgalikdagi aksilterrorchilik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi, deb yozadi “TASS” Markaziy harbiy okrugga tayanib.
Muzokaralarda birinchi marta Hindiston va Pokiston harbiy delegatsiyalari qatnashdi. Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, mashg‘ulotlar 2018-yil avgustida Chelyabinsk viloyatidagi Markaziy harbiy okrug poligonida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar g‘oyasi va rejasi, shuningdek, ishtirokchilar tarkibi va sonini tomonlar kelasi yil bahorida shtab muzokaralarining ikkinchi bosqichi chog‘ida kelishib olish haqida shartlashdi.
Izoh (0)