AQSh 30-sentabrda nihoyasiga yetgan 2017-moliyaviy yilda boshqa mamlakatlarga 41,93 milliard dollarlik qurol sotgan. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining mudofaaga oid hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“6,04 milliard dollarlik shartnomalar AQSh davlat departamenti, 3,87 milliard dollarlik kelishuvlar esa mudofaa vazirligi tuzilmalari tomonidan harbiy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida moliyalashtirilgan. 32,02 milliard dollarlik shartnomalar esa bizning xorijiy sheriklarimiz tomonidan to‘langan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu raqamlar Amerikaning harbiy mahsulotlari va xizmatlariga talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
“AQSh boshqa mamlakatlarga mudofaa qurollari sotish, mazkur sohada xizmat ko‘rsatish, shuningdek ularning harbiy xizmatchilarini o‘qitish orqali o‘zining tashqi siyosiy va milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarini amalga oshirmoqda”, — deyiladi boshqarma bayonnomasida.
Izoh (0)