• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Kimga yer qazuvchi kerak? Bu — katta va kuchli odam, u yerni yaxshi qaziydi”. Liviyada qul bozorlari faoliyat ko‘rsatmoqda

    Oktabr oyida Liviyadagi qul bozorida savdo aks etgan video g‘arb va Afrika mamlakatlarini hamda BMTni junbishga soldi. Mansabdorlar, siyosatchilar, barcha aloqador nohukumat tashkilotlari bir ovozdan tekshiruv o‘tkazishni va aybdorlarni jazolashni talab qildi.

    Shu bilan birga, huquq himoyachilari Yevropa Ittifoqi taklifiga binoan va uning pullariga qurilgan Liviyadagi lagerlarda qochoqlarni noinsoniy sharoitlarda saqlanishi haqida eslatib o‘tdi. Shuningdek, ular Shimoliy Afrika mamlakatlari rahbarlarini bu borada tartib o‘rnatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Liviya hali ham IShID xavfi ostida yashamoqda

    Qullar qirg‘ogi

    “Kimga yer qazuvchi kerak? Bu — katta va kuchli odam, u yerni yaxshi qaziydi”, — deb qichqiradi Tripolidagi qul bozorida mushakdor qora kishini maqtayotgan sotuvchi. Xaridorlar doimiy ravishda narxni ko‘tarib boradi. Yakunda narx 600 Liviya dinoriga (qariyb 440 AQSh dollari) chiqadi. Qullikka sotilgan kishi yangi xo‘jayinlarning qo‘liga o‘tadi. XXI asr uchun butunlay yot bo‘lgan bu sahna Liviya shaharlarida odatiy hol hisoblanadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mamlakatda qullik savdosining gullab-yashnayotgani yangilik emas. Dastlabki hujjatli dalillar joriy yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. Qul bozorlari Zuvara, Kastelverde, Kabave, Gadamis, Sabxa, Sabrata va boshqa bir qator shaharlarda mavjud. Jonli tovar Yevropaga ketishga uringan Markaziy Afrika mamlakatlaridan chiqqan qochoqlar hisoblanadi.

    Odamlarning qulga aylanish sxemasi oddiy. Muhojir Yevropaga ketish uchun tashuvchiga belgilangan summani to‘laydi. Qoidaga ko‘ra, bu to‘lov miqdori uch ming dollardan besh ming dollargacha bo‘ladi. Qochoqlar bor budini topshiradi. Muhojirlar Liviyaga kelganida to‘langan pulning kamligi va yana to‘lash kerakligi aytiladi. Noqonuniy muhojirga hech kim hech narsani kafolatlamaydi. Agar qochoq qo‘shimcha to‘lov qilishdan bosh tortib, kelishuv talablarini bajarishni talab qilsa, u kaltaklanadi yoki zo‘rlanadi, yoki ikkalasi ham birdaniga amalga oshiriladi. Baxtsiz qochoqqa bunday “ishlov berilganidan” so‘ng, u kimoshdi savdosida sotiladi.

    Liviyaliklar uchun Sahroning janubidagi mamlakatlar fuqarolarini sotish odatiy ish hisoblanadi. Tunislik sotsiolog Monsef Ouannning aytishicha, tahqirlash va irqchilik Liviya jamiyatida tomir otgan. U yerda qora tanlilarning savdosi 1940-yillargacha gullab-yashnagan. Hozirgi paytda Liviyada qul savdosini daromadli biznesga aylantirgan qurolli jangarilar, qurolli muxolifatchilar, turli jinoiy guruhlar xo‘jayinlik qiladi.

    Do‘zax lageri

    “Bizni gugurt cho‘plari kabi qutilarga joylashtirishadi. Biz uxlay olmaymiz. Ko‘plar turli kasalliklardan aziyat chekadi. Ovqat yetishmaydi, bir necha oylab yuvinmaymiz. Bu yerdan chiqib ketmasak, barchamiz o‘lamiz. Odamlar quruq yerda yotib, siydik va najas hididan bo‘g‘iladigan joyda yashab bo‘lmaydi”, — deb yuzaga kelgan holatni tasvirlaydi Yevropa Ittifoqi tomonidan qurilgan lagerda yashovchi qochoqlardan biri. Ayni paytda Liviyaning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash departamenti nazoratida 19,5 ming kishi bor. Ikki oy avval esa qochoqlarning soni yetti ming kishidan kamroq edi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Qo‘riqchilar doimiy ravishda va shafqatsizlarcha qochoqlarni do‘pposlaydi, bunda ekektroshokerlardan ham foydalanadi. Ular qochoqlar tomonidan ovqat, suv, tibbiy yordam so‘ralganda, shu tariqa javob beradi.

    Qochoq ayollardan birining hikoya qilishicha, bir safar uni lagerdan olib ketishgan va bir uyga olib borishgan. U yerda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash departamenti xodimi ham bo‘lgan. Erkaklar ayolni zo‘rlagan. Bu lagerlarning barchasi Yevropaga qochoqlar oqimini qisqartirish uchun tuzilgan. Faqat hujjatlardagina hammasi yaxshi ko‘rinadi.

    Liviyalik mansabdorlar yaxshi biznesni yo‘lga qo‘ygan. Pora evaziga ular qochoqlarni ozod qiladi va tashuvchiga yuboradi. Muhojirlar chiqqan kema neytral suvlarga chiqishi bilan Liviya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ishga kirishadi. Ular kemalarni tutadi va muhojirlarni lagerga qaytaradi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Noyabr oyining boshida Tripolidagi qochoqlar markazlariga borib ko‘rgan BMT kuzatuvchilari rasmiy hisobotda ham o‘zlari ko‘rgan dahshatni yashira olmagan. “Minglab holdan toygan va mayib bo‘lgan erkaklar, ayollar va bolalar eng oddiy sharoitlardan mahrum bo‘lgan joylarga qamalgan, insoniy ne’matlardan mahrum”, — deyiladi hisobotda.

    “Og‘ir vaziyat falokatga aylandi. Xalqaro hamjamiyat Liviyadagi muhojirlar boshdan kechirayotgan tasavvur qilib bo‘lmaydigan dahshatlarga ko‘z yuma olmaydi”, — deya bayonot qilgan BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn.

    Ba’zi muhojirlar qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Pul va hujjatsiz holda ular Liviya hududida izg‘ib yuruvchi ko‘p sonli to‘dalarning oson o‘ljasiga aylanadi. Bular asosan u yoki bu tarzda IShIDga bog‘liq bo‘lgan guruhlar hisoblanadi.

    Aybdorlar yo‘q va hech kim javobgar emas

    Afrika Ittifoqi raisi hisoblangan Gvineya prezidenti Alfa Konde bu vaziyatda aybdorlar yo‘qligini va hech kim javobgar emasligini aytib o‘tgan. Uning fikricha, hukumati bo‘lmagan davlat qanday qilib qochoqlar yo’liga to‘siq qo‘yishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, aybdorlar Yevropada va ular o‘z xatosini tan olishi zarur.

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    29.11.2017, 06:49   Izoh (0)   20829
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyadagi muxolifat partiyasi yetakchisi Putinni dunyodagi eng yaxshi davlat arboblaridan biri deb atadi

    28.11.2017, 23:33

    OAV: AQShning josus samolyotlari Boltiq dengizi janubidagi Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni amalga oshirdi

    28.11.2017, 21:45

    Turkiyada ishlab chiqarilgan eng katta super yaxta suvga tushirildi

    28.11.2017, 21:34

    Britaniyaning sobiq vaziri hukumatning Brexit bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarligini tanqid qildi

    28.11.2017, 21:26

    Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi

    28.11.2017, 17:53

    AFP: Noma’lum shaxslar Burkina-Fasoda Makronning tashrifidan oldin fransuz harbiylariga hujum qildi

    28.11.2017, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.