Rossiya prezidenti Vladimir Putin kimyoviy qurolga ega davlatlarni Rossiyaga ergashib, ushbu arsenaldan xalos bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Putin kimyoviy qurolni taqiqlash konvensiyasiga a’zo davlatlar konferensiyasining 22-sessiyasiga yo‘llangan maktubida bu borada Rossiya boshqalar uchun o‘rnak bo‘la olishini ta’kidladi.
“Ishonchim komilki, qat’iy siyosiy irodaning namoyish etilishi umumiy maqsadimizga — kimyoviy quroldan xoli erkin dunyo yaratishga erishishimizga yordam beradi”, — deyiladi Kreml saytida chop etilgan murojaatda.
Putin 2017-yili Rossiya o‘zidagi kimyoviy qurol arsenalidan butunlay xalos bo‘lganini eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 27-sentabr kuni Udmurtiyadagi “Kizner” obyektida mamlakatdagi so‘nggi kimyoviy qurol arsenali yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)