Toshkentda o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tadbiri davomida Qirg‘izistonda qidiruvga berilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 25-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tadbiri jarayonida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayohat” mehmonxonasi yonida 1973-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi, u yerda qotillik jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan Abdurahmonov Soibjon Mahmudjonovich ushlandi.
Undan o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan va o‘zining surati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma’lumotlari ko‘rsatilgan Rossiya fuqarolik pasporti rasmiylashtirib olingan.
Fuqaro bilan olib borilgan surishtiruv jarayonida o‘zining fotosurati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma’lumotlari kiritilgan Rossiya pasportini Omsk shahrida qalbakilashtirganligi, ushbu pasportdan MDH davlatlarida foydalanganligi aniqlangan.
25-noyabr kuni S.M. Abdurahmonov O‘zbekiston IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilib, hozirda uni Qirg‘izistonga etap qilish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)