Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy Toshkentning koinotdan olingan suratlarini Facebook sahifasida e’lon qildi.
“Bugun 2000 dan ortiq yillik tarixga ega shahar — Toshkent sizni maftun qiladi! Shaharning qadimiy markazida O‘zbekistonning saqlanib qolgan va qayta tiklangan tarixiy yodgorliklarini ko‘rishingiz mumkin”, — deb yozdi kosmonavt.
Postga tungi va kunduzgi vaqtda olingan Toshkent suratlari ilova qilingan.
Izoh (0)