Rossiyaning Beloyarskiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi”da birinchi g‘olib nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.

O‘zi uchun butunlay yangi vazn toifasi — 52 kilogrammgacha vaznda janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik, olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov hal qiluvchi final jangini rossiyalik Rasul Jaayevga qarshi o‘tkazdi. Jangda to‘liq ustunlikka erishgan Do‘smatov oltin medalga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar Hasanboy Do‘smatov -49 kilogramm vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelardi. Bokschi Riodagi olimpiadada ham aynan shu vaznda chempionlik unvoniga ega chiqqan edi.

Shuningdek, bugun turnirda yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini o‘tkazadi. Barcha janglar rossiyalik bokschilarga qarshi o‘tadi. 64 kilogrammgacha vaznda Iqboljon Xoldorov Grigoriy Lizunenko bilan, 75 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Isroil Madrimov Andrey Kovalchuk bilan oltin medallar uchun jangga chiqadi. Uchinchi final uchrashuvida esa Sanjar Tursunov (-91 kg) yana bir mezbon sportchi Vasiliy Zveryanga qarshi ringga ko‘tariladi.