“TurStat” tahlil agentligi MDHning rossiyalik sayyohlar qishda tashrif buyurishi uchun eng yaxshi shaharlari reytingini tuzdi, unda Toshkent 5-o‘rinni egalladi, deb yozadi UZ24.
Reyting 2017—2018-yil qishiga belgilangan sayyohlik safarlari ommabopligini tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzildi.
MDH mamlakatlari poytaxtlariga, shuningdek, tog‘-chang‘i kurortlariga rossiyalik sayyohlar dam olish kunlari sayohat qiladi.
MDHga arzon sayohatlar bo‘yicha Bishkek va Kishinyov, “lyuks” sinfidagi hordiqlar uchun esa Boku va Ostona ommabopdir.
2017—2018-yil qishida rossiyalik sayyohlar orasida eng ommabop bo‘lgan shaharlar o‘nligi quyidagicha:
- Minsk (Belarus)
- Olmaota (Qozog‘iston)
- Boku (Ozarbayjon)
- Yerevan (Armaniston)
- Toshkent (O‘zbekiston)
- Ostona (Qozog‘iston)
- Brest (Belarus)
- Bishkek (Qirg‘iziston)
- Kishinyov (Moldova)
- Ganja (Ozarbayjon)
Izoh (0)