24-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi. Janubiy Koreyaga davlat tashrifining uchinchi kuni tafsilotlari — bu yerda.
2. Misrda masjiddagi terakt oqibatida 155 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi. Terrorchilar avvaliga masjidni portlatgani, so‘ng vayronadan qochib chiqayotganlarni o‘qqa tutgani aytilmoqda.
3. “Gadoning dushmani gado”: Ta’lim muassasalari rahbarlariga hurmatsizlik qilgan har ikki hokim ta’lim sohasidan chiqqan. Kuni kecha Andijon shahar hokimi kollej o‘qituvchilarini haqorat qilayotgani yozilgan audio e’lon qilindi.
4. Foto: Namanganda yirik yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Voqea joyidan olingan suratlarda Chevrolet Orlando kulga aylanganini ko‘rish mumkin.
5. Sooronbay Jeenbekov rasman Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi. Xuddi shu kuni Zimbabvening so‘nggi 37 yillik tarixidagi ikkinchi prezidenti — Emmerson “Timsoh” Mnangagva qasamyod qildi.
Izoh (0)