O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida mamlakat bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi so‘nggi yillarda keng ko‘lam kasb etdi. Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq qilish, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)