Namangan shahridagi “Yangi asr” mahallasida joylashgan folgoizol mahsulotlari sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, yong‘in mazkur sexda texnologik ishlab chiqarish jarayoni buzilishi oqibatida kelib chiqqan.
Tegishli organlar tomonidan zudlik bilan ofatni bartaraf etishga kirishildi. Yaqin atrofdagi ishlab chiqarish sexlari xodimlari evakuatsiya qilindi.
Yong‘in vaqti bino ichida bo‘lgan xususiy korxona xodimi voqea joyida halok bo‘lgani bildirilmoqda. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)