O‘tgan yili tez tibbiy yordam brigadalari 155 tani tashkil etgandi, bugunga kelib ularning soni 178 taga yetdi. Hududlardagi tez tibbiy yordam shoxobchalari soni esa 80 tadan 102 taga ko‘paydi. Shu bilan birga, tez yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtomashinalar parkini yangilash borasidagi ishlar jadallashmoqda: joriy yil davomida 79 yangi avtotransport vositasi olindi.
Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Nissan” reanimobillaridan 8 tasining ishga solinishi xizmat faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini yaratgandi. “Salomatlik-3” loyihasi asosida Janubiy Koreyadan olib kelingan Hyundai rusumli reanimobillar esa bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada takomillashtiradi.
Har birining narxi 227 million so‘m bo‘lgan reanimobillar eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ularga o‘rnatilgan tibbiy jihoz va apparatlar reanimatson va maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Xususan, tez tibbiy yordam brigadasi qon to‘xtatish, sun’iy nafas oldirish va boshqa kichik amaliyotlarni yo‘lda, shifoxonaga yetgungacha amalga oshirishi mumkin.
Izoh (0)