Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevropa yetakchilarini Rossiya tomonidan tahdidga ochiq ko‘z bilan qarashga undadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Mey Moskvani Yevropada vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda aybladi.
“Biz sharqiy mintaqaning yuksalish salohiyatiga xavf solayotgan va jamoaviy kuchimiz ildiziga bolta urayotgan Rossiya kabi dushmanlik kayfiyatidagi davlatlar harakatlarini diqqat bilan kuzatishimiz zarur”, — dedi bosh vazir Bryusseldagi konferensiya chog‘ida.
U Yevropa mamlakatlari mazkur muammo yechimini izlash yo‘lida birgalikda yangi majburiyatlarni ishlab chiqishiga umid bildirdi.
Izoh (0)