Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochidagi uchrashuv chog‘ida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan quchoqlashib turgani aks etgan fotosurat Moskva Suriya rejimining xatti-harakatlari uchun javobgarligini ko‘rsatadi. Bu haqda maxsus brifing chog‘ida AQSh Davlat departamenti vakili Xizer Noyert bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Menimcha, bu quchoqlashish Putin Suriyaga ko‘rsatgan yordami uchun ma’lum darajada javobgarligini ko‘rsatadi”, — dedi u.
Noyert xonim Davlat departamenti Suriyada tinch fuqarolarga qarshi uyushtirilgan kimyoviy hujumlar borasida fikrini o‘zgartirmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)