Qirg‘izistonning “De Fakto” gazetasi bosh muharriri Amantur Musagulov mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevning olti yillik boshqaruvi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida uning soatini so‘rab oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Savol berish maqsadida mikrofonga yaqinlashgan Musagulov tushida prezidentning soatini sovg‘a sifatida olganini so‘zlab, mamlakat rahbaridan “eslab yurish” uchun soatini o‘ziga sovg‘a qilishini so‘radi.
“Yaxshiyam shimimni so‘ramading”, — deya hazil javob qaytargan Atambayev qo‘lidan soatini yechib unga berdi.
Prezident ma’muriyatining rahbari Almaz Usenovning ma’lum qilishicha, ushbu soat prezident kimningdir xizmatlarini alohida qayd etganida sovg‘a qiladigan soatdir.
Prezident Atamabayevning vakolati 24-noyabr kuni nihoyasiga yetadi va 15-oktabrdagi saylovlarda g‘alaba quchgan Sooronbay Jeenbekov yangi mamlakat rahbari sifatida qasamyod keltiradi.
Izoh (0)