20-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonda 1-dekabrdan eng kam ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdori 15 foizga oshadi. EKIH miqdori 149 775 so‘mdan 172 240 so‘mgacha oshadi.

2. Shavkat Mirziyoyev mushtumzo‘r hokimlar haqida: “Ularning harakatlari Prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi”. Sentabrda Sirdaryo viloyatida bir shunaqa hokim topilgan edi.

3. O‘zbekistonning bir qator davlat saytlari ishlamay qoldi. Ular kiberhujumga uchragani taxmin qilinmoqda. Sayti ishlamay qolganlar orasida Adliya vazirligi, Davlat test markazi va Toshkent shahar hokimligi bor.

4. “Transneft” O‘zbekistonga sinov tariqasida neft yetkazib berishni boshladi. Yetkazib beriladigan xomashyo hajmi oyiga 30 ming tonnadan iborat.

5. Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch bemor qochib ketdi. Qochoq bemorlardan biri Samarqand viloyatidan, qolgan ikkisi esa Qashqadaryodan ekani aytilmoqda.