20-noyabr, dushanba tongidan O‘zbekistondagi bir qator davlat tuzilmalari saytlari, taxminlarga ko‘ra, huquqbuzarlarning hujumi oqibatida ishlamay qoldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat test markazi va boshqa idoralarning saytlari ishlamayotgan edi.

Google’da mazkur muassasalarning saytlari manzili qidiruvga berilganda “Hacked By Skidie KhaN : : : TeaM Cyber CommandOs” yozuvi chiqib kelmoqda, bu saytlarning bosh sahifalari defeys qilingani (bosh sahifalari o‘zgartirib qo‘yilgani)ni bildiradi.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonning aksariyat davlat saytlari, xususan, Hukumat portali odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.

Saytlar joylashgan UZINFOCOM data-markazidan ma’lum qilishlaricha, ularning faoliyati yaqin vaqt ichida qayta tiklanadi.