AQShning Arkanzas shtatida vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tibbiyot vertolyoti 19-noyabr, yakshanba kuni kechki payt sharqiy Arkanzasda quladi. Hodisa oqibatida uning bortidagi uch kishi halok bo‘ldi.
Vertolyot Payn-Blaff shahridan Devitt shahriga yo‘l olgandi. Uning bortida bemorlar bo‘lmagani bildirilmoqda. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)