Rossiyaning Donbassdagi harakatlari natijasida ekologik va gumanitar halokatlar kelib chiqdi. Bu haqda Kanadadagi Xalqaro forumda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Hozirda Donbassda gumanitar va ekologik halokat hukm surmoqda, chunki ko‘mir konlarining ko‘pchiligi suv ostida qolgan, suv va elektr simlar otishmalar nishoniga aylanmoqda, ammo rossiyaliklar bunga reaksiya ko‘rsatmayapti, chunki ular hududda kontrabanda, ‘qora’ va ‘kulrang’ operatsiyalar bilan band”, — dedi TIV rahbari.
Klimkin xalqaro hamjamiyat Rossiyaga bosimni kuchaytirishi kerak, degan fikrda, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada yagona pozitsiya yo‘q.
Izoh (0)