Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatning hukmron partiyasi bo‘lmish “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” harakati rahbarligidan chetlatildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu borada partiya vakillaridan biri bayonot berdi.
Partiya raisligiga Emmerson Mnangagva tayinlandi.
19-noyabr kuni Mugabe mamlakat harbiy qo‘mondonligi vakillari bilan uchrashgan edi. Bunga qadar OAV Zimbabve prezidenti mamlakatni tark etganini bildirgan edi. Ayni paytda Robert Mugabe qayerdaligi noma’lum.
Izoh (0)