Argentina harbiy-dengiz kuchlarining 15-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan “San Xuan” suv osti kemasinining qidiruv ishlarida yetti mamlakat yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari vakili Enrike Balbi bayonot berdi, deb xabar qildi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, qidiruv ishlariga Chili, Urugvay, Braziliya, Peru, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shilgan.
“Bu mamlakatlarning har biri ixtiyorimizga ko‘p miqdorda texnika va inson resurslarini taqdim etdi”, — ta’kidladi Balbi.
Muqaddam NASA suv osti kemasini qidirishga qo‘shilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bortida 44 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan “San Xuan” suv osti kemasi bilan 15-noyabrda aloqa yo‘qolgan.
Bir muddatdan so‘ng suv osti kemasidan jo‘natilgani taxmin qilinayotgan signallar qayd etilgan edi.
Izoh (0)