Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Jahon Chempionati vaqtida O‘zbekiston Oliy Ligasida tanaffus yuzaga keladi. Bu haqda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov Sport-TV kanalining “Gol” ko‘rsatuvidagi chiqishida aytib o‘tdi.
PFL bosh direktori Omon G‘ofurov Farg‘onaning “Neftchi” klubi quyi ligaga tushib ketmaganini ma’lum qildi
Kelasi yil Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi. Muxlislarning asosiy e’tibori unda bo‘lishi inobatga olinib, iyun va iyul oylariga Oliy Liga o‘yinlarini qo‘yish rejalashtirilmayapti.Rossiyadagi mundial kelasi yilning 14-iyunida start olib, 15-iyulga qadar davom etadi. Muxlislarga sir emaski, guruh bosqichi yakunlanib, pley-off o‘yinlari start olgach, o‘rtada bir necha kunlik tanaffuslar yuzaga keladi. O‘sha tanaffuslarda ham O‘zbekiston ichki chempionati va kubogida o‘yinlar o‘tadimi yoki yo‘q — hozircha aniq emas.Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya—2018 mundialida ishtirok etmaydi. Samvel Babayan boshchilik qilgan terma o‘z guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriyadan yomonroq natija qayd etgani uchun, mundialdan chetda qolgan.
Izoh (0)