15-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Tojikiston elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, qisqa vaqt davomida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha kompleks masalalarini yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlisi o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi amaliy masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)