Eron Isroilning mamlakatda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu devonxonasidagi manbalariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam hukumat rahbari Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi orqali Eronga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan edi.
“Isroil Qizil xochga murojaat qilib, gumanitar yordam taklif etdi va bu taklif darhol rad etildi, bu Eron rejimining asl mohiyatini ko‘rsatadi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.
7,2 magnitudali zilzila Eron va Iroq chegarasida ro‘y berdi. Buning oqibatida 530 kishi halok bo‘ldi, 7 mingdan ortiq odam jabrlandi.
Izoh (0)