Turkiya rasmiylari mamlakat janubi-sharqida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dogan agentligiga ko‘ra, komendantlik soati Diyorbakir viloyatining Silvan tumanida mintaqada aksilterror operatsiyasi o‘tkazilishi doirasida joriy etilgan.
“Komendantlik soati 16-noyabr, mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan boshlab huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etildi. Mintaqada Kurdiston ishchi partiyasi a’zolari yashiringani haqida ma’lumotlar olingan. Komendantlik soati yakunlanishi vaqti keyinchalik e’lon qilinadi”, — dedi agentlikning Turkiya IIVdagi manbasi.
Izoh (0)