Xitoy o‘zining yangi “Fenyun-3D” meteorologik sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi, deb yozadi “TASS”.
“Chanchjen-4S” eltuvchi raketasi mahalliy vaqt bilan 15-noyabr, chorshanba kuni 02:35 (Toshkent vaqti bilan 14-noyabr kuni 23:35)da shimoliy Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan uchirildi.
Yangi sun’iy yo‘ldosh orbitadagi meteorologik qurilmalar guruhiga borib qo‘shiladi hamda 2013-yil sentabrida ishga tushirilgan “Fenyun-3S” sun’iy yo‘ldoshi bilan birgalikda atmosfera holati, issiqxona gazlari haqida yanada aniqroq ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq vazifalarni yechishda yordam beradi.
Izoh (0)