Yulduzlararo sayohatlar bo‘yicha ekspertlar Yer tarixidagi ilk Quyosh tizimidan tashqariga safar uchun nomzodlarni tanladi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetining Starlight dasturi rahbarlariga ko‘ra, Caenorhabditis elegans chuvalchangi va Tardigrada sekinyurari ilk yulduzlaro sayohat uchun eng maqbul nomzodlar.
Ma’lum bo‘lishicha, Caenorhabditis elegans chuvalchangi butun dunyo bo‘ylab to‘plangan barcha tuproq namunalarida istiqomat qiladi. Tardigrada sekinyurari esa yashovchanligi bilan mashhur: u noqulay sharoitda yillar mobaynida anabioz holatiga tushish, so‘ng tezda o‘ziga kelishga qodir.
Shuningdek, 20 daraja sovuqda 30 yil yashashi, 10 soat davomida 60-65 daraja haroratni ko‘tarishi va 570 ming rentgenga bardosh berishi mumkin. Taqqoslash uchun, insonni halok qilish uchun 500 rentgen yetarli.
Chuvalchang va sekinyurar koinotda bo‘lishga ulgurgan: ular oldinroq Xalqaro koinot stansiyasi bortida Yer orbitasi bo‘ylab aylangandi.
Izoh (0)