FIFA kunlaridan unumli foydalanayotgan terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishda davom etmoqda. Quyida kecha — 13-noyabr kuni o‘tkazilgan bellashuvlar keltirib o‘tilgan.
Osiyo yetakchilari FIFA kunlarida nomdor raqiblarga qarshi o‘ynamoqda. O‘zbekiston-chi?
Karlush Keyrush boshqaruvida JCh—2018 saralashini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan Eron termasi, o‘rtoqlik o‘yinlarida ham bir tekis davom etmoqda. Bungacha Chernogoriya (2:1), Togo (2:0), Rossiya (1:1), Panama (2:1) kabilar bilan muvaffaqiyatli o‘ynagan forslar, kecha Venesuela ustidan zafar quchishga erishdi. O‘tgan hafta Janubiy Koreya termasi ham CONMEBOL vakillaridan biri bo‘lmish Kolumbiyani mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.O‘zbekiston termasini saralashda qoldirib ketgan Suriya Iroq bilan bellashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Saudiya Arabistoni esa Bolgariyada imkoniyatni boy berdi — 0:1. O‘tgan hafta ular Portugaliyaga qarshi saf tortib, 0:3 hisobida yengilgandi.
Meksika terma jamoasi JCh—2018 ga yaxshi tayyorgarlik olib borayotganini ko‘rish mumkin. O‘tgan hafta mundial saralashini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan Belgiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan meksikalik futbolchilar, bu safar Rossiyaga borishi aniq bo‘lgan Polshani taslim qildi — 1:0.
Izoh (0)