Politsiyachilar Suriyadagi noqonuniy qurolli tuzilmalarni moliyalashtirishda gumonlab Checheniston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Checheniston IIV matbuot xizmatiga tayanib, “Vesti Kavkaza” xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan Naursk fuqarosi 1989-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u pul yig‘ish va uni jo‘natish bilan shug‘ullangan. Erkak Suriya Arab Respublikasining hukumat kuchlariga qarshi kurash olib borayotgan akasiga 1 million rublga (salkam 17 ming dollar) yaqin mablag‘ yuborgan.
Qo‘lga olingan shaxs o‘z qilmishini tan olib, ko‘rsatma berdi. Unga nisbtaban “Terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Izoh (0)