Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Sochidagi uchrashuvi davomida tafsilotlari oshkor etilmaydigan murakkab mavzular ko‘tarildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Peskov Turkiya prezidentining Rossiya va AQShni Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqidagi da’vati haqida gaplashilganligi to‘g‘risidagi savolga shunday javob berdi.
“Murakkab mavzularda muzokaralar o‘tkazildi. Tabiiyki, ular oshkor etilmaydi”, — ta’kidladi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on Sochiga jo‘nab ketishidan oldin inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun Rossiya va AQShni Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirgandi.
Izoh (0)