Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Bahodir G‘aniyev 2016-yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti devoni yoshlar siyosati masalalari sektori rahbari sifatida ishlab kelaytogan edi.
2010–2016-yillar davomida u “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi lavozimida samarali faoliyat yuritgan. 2009-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Izoh (0)