Eng ommabop kriptovalyuta — Bitcoin kursi so‘nggi kunlarda qariyb 30 foizga pasayib ketdi, deb yozadi Bloomberg.
10-noyabr, juma kuni kechqurundan buyon Bitcoin kursi 9,5 foizga pasaygan, yangi rekord o‘rnatilgan (1 bitkoin uchun 7882 dollar) 8-noyabr, chorshanba kundan beri esa kriptovalyuta narxi 29 foizga tushib ketgan.
Bloomberg tahlilchilari Bitcoin’ning bu tarzda pasayishini investorlarning boshqa kriptovalyuta — Bitcoin Cash’ga o‘tishni afzal ko‘rgani bilan izohladi. Uning narxi 10-noyabrdan buyon 40 foizga ko‘tarilib, 2478 dollarga yetgan, ammo, 13-noyabr, dushanbaga kelib, 1325 dollargacha pasayib ketgan.
Izoh (0)