Eron Islom inqilobi soqchilari korpusining (IISK) Harbiy-havo kuchlariga tegishli “Su-22” samolyoti mamlakat janubida halokatga uchradi. Buning oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“IISK Harbiy-havo kuchlarining ‘Su-22’ harbiy samolyoti mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8 da Fors viloyatidagi harbiy o‘quv mashg‘uloti vaqtida halokatga uchradi. Uchuvchi voqea joyida halok bo‘ldi”, — deyiladi Islom inqilobi soqchilari korpusining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan bayonotda.