Fillippin faollari ASEAN sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrifiga qarshi norozilik bildirmoqda. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslanib “RIA Novosti” ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, 10-noyabr, juma kuni 350 nafarga yaqin odam Maniladagi AQSh elchixonasi tomon “yurish” qilgan, biroq ular politsiya tomonidan to‘xtatib qolingan.
13-noyabr kuni norozilik namoyishchilari Trampning qo‘g‘irchog‘ini yoqib yuborishni, shuningdek, AQSh elchixonasi va sammitning asosiy tadbiri bo‘lib o‘tadigan Xalqaro anjumanlar markazida namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, Donald Trampning Janubiy Koreyaga tashrifi vaqtida ham yuzlab koreyslar Seulda norozilik namoyishi o‘tkazgan edi.
Izoh (0)