Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya poytaxt Sanoda joylashgan Yaman mudofaa vazirligi binosiga aviazarba berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, ikki aviazarba berildi va bombalardan biri aholi istiqomat qiladigan hududga kelib tushdi.
Guvohlar 8 kishi yaralangani, shuningdek, ikki uy vayron bo‘lganini bildirdi.
Vayronalar ostidan qurbonlarni qidirish davom etmoqda.