Rossiyaning Ijevsk shahrida to‘qqiz qavatli uy podyezdining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, deb yozadi “RIA Novosti” tezkor shtab vakiliga tayanib.
“Oltinchi qurbonning jasadi topildi”, — dedi u.
Avvalroq ikki kishining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lib qolayotgani aytilgandi.
9-noyabr kuni kunduzi Ijevskdagi turar-joy tabiiy gaz portlashi natijasida vayron bo‘lgan edi.
Izoh (0)